To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
2022 yil dekabrda Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan. U O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida birinchi o‘rinbosar va kengash hamraisi bo‘lib ishtirok etdi.
To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
To‘ra Bobolov Bandixon tuman hokimligiga Skoda Kodiaq Ambition xizmat mashinasini xarid qilish uchun viloyat budjetidan 429 mln so‘m o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Antikorrupsiya agentligi buni Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga zid deb topdi va farmoyishni bekor qildi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov prezident qarori bilan o‘zgalarni haqorat qilgani, hokimlarga qo‘yilgan talablarni bajarmagani va o‘z faoliyatini davlat siyosatiga mos ravishda tashkil etmagani uchun jarimaga tortildi.
Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster vakilini qo‘pol ravishda haqorat qilayotgani aks etgan navbatdagi audiosi tarqaldi. Hokimlik audioning ayrim joylari montaj qilinganini aytib, muloqot tafsilotlarini ochiqladi.
1 sentabrgacha 290 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari tugallanmagan, xususan Surxondaryoda 29 ta shunday maktab bor. Prezident viloyat hokimini ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi. Angor tumani prokurori bilan bo‘lgan suhbatini ham esladi. «Charchagan bo‘lsang, seni ham ishdan olaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tarmoqlarda Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Angor tuman prokurorini haqorat qilgani aks etgan audio tarqaldi. Unda hokim prokurorga vazifalarini bajarmagani, qolaversa, tashkilotlarga nisbatan jinoyat ishi ochgani uchun tanbeh bergan. Holat yuzasidan viloyat hokimligi va Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.
Surxondaryo viloyatida «Zarchob-2» kichik GESni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Stansiya 40 ming aholini elektr energiya bilan ta’minlash quvvatiga ega. «O‘zbekgidroenergo» raisi Abdug‘ani Sanginov kelgusida yana 2 ta loyiha — To‘palang va Mizop-Kishtut stansiyalarini ishga tushirish orqali daryo suvidan 5 marotaba foydalanish mumkinligini ta’kidladi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, vohaga qaytdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalindi. Ularning ahvoli yevropalik mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinib, holati stabil deb topilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting